Our Top Course

Farmatsiya

Mutaxassislik nomi: 40910401-Farmatsiya 

Kvalifikasiyalar:

  1. Dori preparatlarini ishlab chiqarish operatori
  2. Dori vositalarini saqlash, tarqatish va ta’minlash bo‘yicha farmasevt assistenti

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda 2 yillik.

 Mutaxassis tayyorlovchi o‘rta professional tibbiy ta’lim dasturining nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini to‘liq o‘zlashtirgan, yakuniy davlat attestasiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchiga o‘rta professional tibbiy ma’lumot to‘g‘risidagi davlat namunasidagi diplom beriladi.

 Bitiruvchilarning kasbiy faoliyati sohasi:

 — «Dori–darmon» davlat aksiyadorlik uyushmasiga qarashli turli mulkchilik shaklidagi dorixonada; 

— tayyor dori-darmonlar, parafarmasevtik mahsulot va tibbiy buyumlarini, bemorlarni parvarishda ishlatiladigan buyumlarni, sanitariya va gigiyena buyumlarini sotadigan, dorivor o‘simliklar va ulardan sharbatlar tayyorlaydigan dorixonalar bo‘limlarida;

 — dorixonalarda dorilarni tayyorlovchi, davolash profilaktika muassasalari uchun dori tayyorlaydigan dorixonalarda; 

— laboratoriyalarda nazoratchi-analitik, tayyor dori vositalarini sotadigan (tarqatuvchi) dorixona shoxobchalarida;

 — dori vositalarini ishlab chikarish korxonalarida, tayyor dori vositalarini kadoklash va markirovkalash bo‘yicha operator lavozimlarida oliy ma’lumotli farmasevtlar nazorati ostida faoliyat yuritadi.