Our Top Course

Feldsher-laborantlik ishi

Mutaxassislik nomi:  40910202 Feldsher-laborantlik ishi 

Kvalifikasiyalar: 

  1. Tibbiy laborant
  2.  Qishloq vrachlik punktlari va qishlok oilaviy poliklinikalari feldsher-laboranti
  3.  Nur va funksional diagnostika kabineti feldsher-laboranti 

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda 2 yillik. 

Mutaxassis tayyorlovchi o‘rta professional tibbiy ta’lim dasturining nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini to‘liq o‘zlashtirgan, yakuniy davlat attestasiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchiga o‘rta professional tibbiy ma’lumot to‘g‘risidagi davlat namunasidagi diplom beriladi.

Bitiruvchining mutaxassislik faoliyat sohasi: 

— shifokor laborant nazorati ostida va mustaqil ravishda aholiga kasalliklar profilaktikasi hamda bemorlarga buyurilgan tekshiruv va davo muolajalarini olib borish bo‘yicha sog‘liqni saqlash tizimi barcha muassasalari; 

— respublika, viloyat, shahar va qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinkalari, davolash profilaktika muassasalari, ilmiy tekshirish institutlari laboratoriyalarida, qon quyish stansiyalari, yuqumli kasalliklar shifoxonalari, sil kasalliklari shifoxonalari, OITSga qarshi kurash markazlarida, klinik, mikrobiologik, immunologik, bioximik, gematologik, gistologik, sitologik, gigiyenik, bakteriologik laboratoriyalarida va nur va funksional diagnostika xonalarida; 

-sanitariya epidemiologiya osoishtalik markazlarida tibbiy laborant sifatida faoliyat yuritadigan