Mutaxassislik nomi 40910201- Feldsherlik ishi
Kvalifikasiyalar:
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda 2 yillik.
Mutaxassis tayyorlovchi o‘rta professional tibbiy ta’lim dasturining nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini to‘liq o‘zlashtirgan, yakuniy davlat attestasiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchiga o‘rta professional tibbiy ma’lumot to‘g‘risidagi davlat namunasidagi diplom beriladi.
Bitiruvchining mutaxassislik faoliyat sohasi:
– davolash ishi vrach nazorati ostida aholiga davolash ishi kasalliklar profilaktikasi hamda bemorlarga buyurilgan davo muolajalarini olib borish bo‘yicha barcha davolash-profilaktika muassasalari;
– shoshilinch va tez tibbiy yordam ko‘rsatish stansiya (bo‘lim)larida;
– davlat va nodavlat davolash tibbiy muassasalarida akusherlik va ginekologiya bo‘limlarida, oilaviy poliklinikalarda faoliyat yuritadi.