
Mutaxassislik nomi: 40910203-Hamshiralik ishi
Kvalifikasiyalar:
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda 2 yillik.
Mutaxassis tayyorlovchi o‘rta professional tibbiy ta’lim dasturining nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini to‘liq o‘zlashtirgan, yakuniy davlat attestasiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchiga o‘rta professional tibbiy ma’lumot to‘g‘risidagi davlat namunasidagi diplom beriladi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyati sohasi:
— Barcha davolash-profilaktika muassasalarida, QVP (qishloq vrachlik punkti) larda, tuman tibbiyot birlashmalari, viloyat va Respublika tibbiyot muassasalarida;
— Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning filiallarida, ixtisoslashtirilgan ilmiy markazlarida, ilmiy-tekshirish institutlari klinikalarida, tez tibbiy yordam stansiyalarida;
— Oilaviy poliklinikalar, fizioterapiya va reabilitasiya bo‘limlarida;
— Ijtimoiy ta’minot muassasalarida, shifokor xonasida, muolaja, operatsiya, emlash va registratura xonalarida;
— Markazlashgan sterilizasiya bo‘limlarida;
— Fizioterapiya bo‘limlarida aholi sog‘lig‘ini saqlash va bemorlarga yo‘naltirilgan hamshiralik ishini amalga oshiradi, shuningdek parxez ovqatlanish, davolovchi jismoniy tarbiya va massaj hamshirasi, tibbiyot statisti sifatida faoliyat yuritadi.