Our Top Course

Ilmiy-innovatsion va startap loyihalar uchun mablag‘ ajratildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ilm-fan va innovatsiyalar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ularda 2023–2026-yillarda amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga kiritiladigan amaliy, shuningdek, 2023–2024-yillarda mo‘ljallangan ilmiy-innovatsion va startap loyihalarni moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi. 

Kengash yig‘ilishlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazir o‘rinbosari Shahlo Turdikulova raisligida o‘tkazildi. Kengash a’zolari tomonidan tibbiyot, farmasevtika, biologiya, biotexnologiya va texnika sohalaridagi ilmiy-amaliy, innovatsion va startap loyihalarni moliyalashtirish qo‘llab-quvvatlandi.