Our Top Course

Texnikum haqida

Gʼijduvon buyuk alloma «Naqshbandiya» tarixining asoschisi Xoja Аbdulxoliq Gʼijduvoniy vatani ilm — maʼrifat maskani boʼlgani uchun bu yerda Ulugʼbek madrasasi barpo etilgan, masjidlar, shifoxonalar faoliyat koʼrsatib kelmoqda.
Bugungi kunda chorak asrdan buyon koʼplab hamshiralar yetishtirib kelayotgan Gʼijduvon tibbiyot kolleji nafaqat viloyatda, balki Respublika miqyosida ham nufuzlidir.

Zamon talabiga koʼra, Oʼzbekiston Respublikasi Cogʼliqni Saqlash vazirligining 1982 yil 16 iyunь 872 — sonli buyrugʼi bilan Gʼijduvon shahrida tibbiyot bilim yurti tashkil qilindi. Bilim yurtiga birinchi bor 1982 — 83 oʼkuv yilida 100 ta oʼquvchi talaba qabul qilindi. Uning birinchi direktori etib Shavkat Narziev tayinlandi. U kishi rahbarlik qilgan davrida bilim yurtida dastlabki tashkiliy ishlar amalga oshirildi. Shavkat Narziev 1987 yilda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatligiga saylandi. U tashkilotchi va qobiliyatli tibbiyot xodimlaridan hisoblangan.

1987 yilning fevralida esa tibbiyot bilim yurtiga direktorlik lavozimiga Murod Muxtorov tavsiya kilindi.
Dastlabki davrlarda 750 oʼquvchi — talabaga taʼlim — tarbiya berishga moʼljallangan bilim maskanida fanlar uyushmalari tashkil qilinib, unda oʼqituvchilar tibbiyot sirlaridan taʼlim berganlar.

2003 yilda kelib tibbiyot bilim yurtiga kollej maqomi berildi.

Shuningdek, Buxoro, Qorakoʼl, Peshku, Navoiy, Zarafshon shaharlaridagi tibbiyot kollejlari bilan mustahkam aloqa oʼrnatilgan.
Shu yili qoʼshimcha ravishda Ortopediya hamda Stomatologiya boʼlimlari tashkil qilindi.

2013 yilda Gʼijduvon tibbiyot kollejiga Latipov Ilyos Mustafoevich direktor lavozimiga tayinlandi. Bu davrda kollejda bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, kollej yotoqxonasida yashash sharoiti yaxshilandi, kollejning issiqlik tizimi toʼliq taʼmirlanib individual isitish qozonlari oʼrantildi, kollejning faollar zali, sport zali, sport maydonchalari, koridorlar, tashqi yoʼlaklar toʼliq taʼmirlanib, barcha yoʼnalishlar boʼyicha innovatsion oʼquv xonalari tashkil etib jihozlandi. Taʼlim sifatini yaxshilash maqsadida barcha fanlarga oid mulyajlar olib kelindi, kollej kutubxonasi oʼquv hamda badiiy adabiyotlar bilan boyitildi. Hozirgi kunda taʼmirlash va jihozlash ishlari davom ettirib kelinmoqda.

Tibbiyot kolleji oldida hozirgi zamon talablariga javob beradigan, raqobatbardosh, malakali tibbiyot xodimlarini tayyorlash vazifasi qoʼyilgan.