Mutaxassislik nomi: 40910101-Stomatologiya ishi
Kvalifikasiyalar:
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda 2 yillik.
Mutaxassis tayyorlovchi o‘rta professional tibbiy ta’lim dasturining nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini to‘liq o‘zlashtirgan, yakuniy davlat attestasiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchiga o‘rta professional tibbiy ma’lumot to‘g‘risidagi davlat namunasidagi diplom beriladi.
Bitiruvchining mutaxassislik faoliyat sohasi:
Stomatolog vrach nazorati ostida aholiga stomatologik kasalliklar profilaktikasi hamda bemorlarga buyurilgan davo muolajalarini olib borish bo‘yicha barcha davolash-profilaktika muassasalari,stomatologik muassasalarning tish protezlash laboratoriya va ustaxonalarida,davlat va nodavlat stomatologik tibbiy muassasalarida ortopedik va ortodontik stomatologiya sohasi bo‘yicha stomatolog assistenti va ortopedik stomatologiya texnigi sifatida faoliyat yuritadi