Our Top Course

Tibbiy-ijtimoiy ishlar

Mutaxassislik nomi:    40920101-Tibbiy-ijtimoiy ishlar

Kvalifikasiyalar: 

  1. Patronaj hamshirasi 
  2. Ayollar va bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tashkilotchisi 3.Yolg‘iz nogironlar va qariyalarga uy sharoitida tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tashkilotchisi

 Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda 1.5 yillik. 

Mutaxassis tayyorlovchi o‘rta professional tibbiy ta’lim dasturining nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini to‘liq o‘zlashtirgan, yakuniy davlat attestasiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchiga o‘rta professional tibbiy ma’lumot to‘g‘risidagi davlat namunasidagi diplom beriladi.

Bitiruvchining mutaxassislik faoliyat sohasi:

 — qishloq vrachlik punktlari, qishloq oilaviy poliklinikalar, shahar oilaviy poliklinikalari, reabilitatsion tibbiy muassasalar, nogironlar reabilitatsiya markazlari patronaj tibbiyot hamshirasi; 

— mehribonlik va qariyalar uylari, davlat va nodavlat ijtimoiy tashkilotlarining ayollar, o‘smirlar, bolalar va qariyalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘limlari, respublika, shahar va tuman xotin – qizlar qo‘mitalari, ijtimoiy ta’minot bo‘limlari, «Sog‘lom avlod uchun» xalkaro xayriya jamg‘armasi, «Mahalla» jamg‘armalari, mahalla qo‘mitalarida voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘yicha tibbiy–ijtimoiy yordam tashkilotchisi vazifasida faoliyat yuritish uchun tayyorlanadi.