Mutaxassislik nomi: 40910301- Tibbiy-profilaktika ishi
Kvalifikasiyalar:
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda 2 yillik.
Mutaxassis tayyorlovchi o‘rta professional tibbiy ta’lim dasturining nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini to‘liq o‘zlashtirgan, yakuniy davlat attestasiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchiga o‘rta professional tibbiy ma’lumot to‘g‘risidagi davlat na’munasidagi diplom beriladi
Bitiruvchining kasbiy faoliyat sohasi:
— barcha SEOM (Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi) larining sanitariya
— gigiyena bo‘limlarida;
— bolalar va o‘smirlar gigiyenasi, ovqatlanish gigiyenasi, mehnat gigiyenasi, radiatsion gigiyena, ekologiya, kommunal gigiyenasi bo‘yicha vrach yordamchisi vazifasida;
— epidemiologiya bo‘limining epidemiolog, parazitolog, entomolog yordamchisi, dezinstruktor vazifasida ishlashlari uchun tayyorlanadi.