Our Top Course

Tibbiyot va farmatsevtika tarmoqlari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish forumi boʻlib oʻtdi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Shahlo Turdikulova boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurdi. Delegatsiya aʼzolari Xitoy dori vositalari va tibbiyot buyumlari eksporti va importi boʻyicha savdo sanoat palatasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Oʻzbekiston Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi hamkorligida Pekin shahrida  tashkil etilgan Oʻzbekiston-Xitoy tibbiyot va farmatsevtika tarmoqlari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish forumida ishtirok etdilar.

Tadbirda Sh.Turdikulova so‘zga chiqib, hozirgi kunda yurtimizda biotexnologiyalar va farmasevtika sohalarida olib borilayotgan ishlar va kelajakda mo‘ljallangan ustuvor rejalar to‘g‘risida gapirdi.

Tadbirda ikki davlatning soha kompaniyalari rahbarlari ham ishtirok etdi.

Shuningdek, forum davomida ikki mamlakat o‘rtasida fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari, tibbiyot va farmasevtika korxonalariga innovatsiyalarning olib kirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar O‘zbekistonda innovatsion biopreparatlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, dori vositalarining sifatini oshirish masalalariga alohida urg‘u berdilar.

Ikki davlat olimlarini jalb etgan holda qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, oliy ta’lim muassasalari doktorantlari va talabalari, tibbiy muassasalarning yuqori malakali mutaxassislarining hamkorlikda ilmiy ishlarni yo‘lga qo‘yishlari zarurligi qayd etildi. Talabalarni bevosita ishlab chiqarishga jalb etish orqali ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha fikr almashildi.